Kruze: "Germaniya terma jamoasiga qaytganimdan xursandman"

Aslanov Jasurbek
6 okt 2014, 18:01
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi hujumchisi Maks Kruze Germaniya terma jamoasidan Evro2016 saralash uchrashuvlarida ishtirok etish uchun taklif olganidan mamnun bo'ldi.

"Albatta, terma jamoaga qaytganimdan xursandman. Mavsum boshida o'zim uchun Yoaxim Lyovdan terma jamoaga taklif olish vazifasini qo'ygandim. Birinchi qadamni tashladim, ammo qolganlari oldinda. O'zimni yaxshi tomondan ko'rsatishga urinib ko'raman" - deydi Kruze.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com