Kroos: “Yaqinda safga qaytaman”

6 dek 2018, 19:07
“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos o'zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida, YCHL 5-turi doirasida “Roma”ga (2:0) qarshi bahsda olgan jarohatidan so'ng, tiklanish jarayonini davom ettirayotganini ma'lum qildi.

“Men “Roma”ga qarshi bellashuvda orttirib olgan jarohatdan so'ng tiklanish bilan bandman. Yaqinda safga qaytaman” deb yozgan Kroos Tvittyerda.

Germaniyalik futbolchi to'p tepadigan “Real” ayni paytda Ispaniya chempionatida 23 ochko to'plab 5-pog'onada bormoqda. Madridliklar nafbatdagi uchrashuvni 9 dekabr kuni safarda “Ueska” klubiga qarshi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com