
Biz "Shalke"ni himoyadan o'ynashini bilardik. Gollarni kerakli paytda kiritdik. Natija bizni to'liq qanoatlantiradi. Ha, balki mavsumning ilk qismida mazmunli futbol ko'rsatgandirmiz. Hozir esa o'yinimizda pasayish kuzatilmoqdadir. Lekin shunga qaramay ko'plab jamoalar ham ushbu kichik "krizis"ni boshdan kechirishga qarshi bo'lmasalar kerak. Chunki "Real"ning natijalari yomon emas.