Kristian Eriksen: “Manchester Siti”ga qarshi bor kuchimiz bilan o'ynaymiz”

Tolibjon Qosimov
28 yanv 2014, 12:48
“Tottenxem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen Angliya chempionatining 23-turidan o'rin olgan “Manchester Siti”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin xususida to'xtalib o'tdi.

“Siti”ga qarshi birinchi uchrashuvda jarohatim bois maydonga tushmagan edim. Biroq o'yinni televizordan ko'rib, jamoamga muxliklik qildim.

Bu galgi o'yin bizning foydamizga o'zgaradi deb umid qilaman. Biz borgan sari yaxshi o'ynayapmiz. Jamoadagi har bir o'yinchi maydonda 100 foiz kuchini sarflashga urinayapti.

“Manchester Siti”ga qarshi o'yin qiyin bo'lishini barcha yaxshi biladi. Bu shundoq ham ma'lum.  Ularga qarshi bor kuchimiz bilan o'ynaymiz”, - deydi Eriksen.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" – "Manchester Siti" bahsi 29 yanvar kuni bo'lib o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru