Kristian Benteke: "Azar har doim "Real" uning orzusi ekanligini aytardi"

8 iyun 2019, 20:00
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Kristian Benteke hamyurti Eden Azarning "Real"ga o'tishi borasida fikr bildirib o'tdi.

"Biz bir-birimizni bolalikdan bilamiz. U menga har doim "Real" uning orzusi ekanligini aytardi. Qaror ancha oldin qabul qilib bo'lingan edi", – deydi Benteke.

O'tgan mavsum APLda super ko'rsatkich (37 o'yin, 16 gol, 15 assist) qayd etgan Azar nihoyat "Real" klubi futbolchisiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com