Kristensen "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzolashni rad etdi

Alisher
5 mar 2022, 15:07
Himoyachi Andreas Kristensen "Chelsi"dan ketishi mumkin.

25 yoshli daniyalik futbolchi London klubi bilan shartnomasini uzaytirishni rad etdi, bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

O'yinchi uchun "Bavariya" va "Barselona" da'vogarlik qilmoqda. Andreasning o'zi "Barsa"ga o'tishni xohlamoqda.

Kristensen joriy mavsum "Chelsi" tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Himoyachining London klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano