"Kristap Pelas" darvozaboni "Real Sosedad"ga o'tishi mumkin

Alisher
28 yanv 2021
"Real Sosedad" "Kristal Pelas" darvozaboni Visente Guaitaning xaridiga qiziqmoqda.

"Sosedad"ning asosiy darvozaboni Migel Anxel Moyya jarohat olgan va klub unga o'rinbosar izlamoqda.

Basklar qiziqishlari doirasiga "Kristal Pelas"ning 34 yoshli ispaniyalik darvozabon tushib qoldi. Darvozabon Ispaniyada "Valensiya", "Rekreativo" va "Xetafe" klublarida o'ynagan.

Guaita "Kristal Pelas"da 2018 yildan beri o'ynaydi. U joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo