

55 yoshli mutaxassis jamoani 2014/15 yilgi mavsumda qabul qilib olgan va mavsumni jamoa uchun tarixdagi eng yaxshi pog'onada (10-o'rin) tugatgandi. O'tgan mavsumda londonlik futbolchilar uning qo'li ostida Angliya kubogi finaliga chiqishgan edi.
“Kristal Pelas” jamoasi rasmiy saytida e'lon qilingan murojaatda, klub imkon boricha qisqa muddatda uning o'rniga yangi mutaxassisni olib kelish niyatida. Ammo hozircha aniq bir nomzod borasida qaror qabul qilingani yo'q.



