

Ana shu uchrashuvda "qirollik klubi" yetakchisi Krishtianu Ronaldu ikkita gol urdi.
Ronaldu tarix yozishda davom etmoqda. Portugaliyalik Chempionlar ligasida ketma-ket 10ta o'yinda gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

Krishtianu Ronalduning klub miqyosida xalqaro o'yinlardagi rekordlari:
- Evrokuboklarning eng yaxshi to'purari: 122
- Chempionlar ligasining eng yaxshi to'prurari: 119
- Chempionlar ligasining bir mavsumida eng ko'p gol urgan: 17ta (2013-2014)
- Chempionlar ligasi finalida eng ko'p g'alaba qozongan - 4 marta (Andres Inesta va Klarens Zeedorf ham YCHL finalida 4 martadan g'olib bo'lgan)
- Chempionlar ligasining uchta finalida gol urgan yagona futbolchi
- Chempionlar ligasi guruh o'yinlaridagi 6ta o'yinning barchasida to'p kiritgan yagona o'yinchi
- Chempionlar ligasida ketma-ket 10ta o'yinda gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi (seriya davom etmoqda).




