Krishtianu Ronaldu: “Yaqin besh yil ichida 200 ta gol urishga va Raulning rekordini yangilashga harakat qilaman”

Narzulla Saydullayev
16 sen 2013, 12:16
“Real” bilan 2018 yilgacha shartnomani uzaytirgan klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu, madridliklarning sobiq hujumchisi Raulning gollar bo'yicha qayd etgan rekordini (323) yangilashga harakat qilishini ta'kidladi.

“Rekordlar - ularni yangilash uchun o'ylab topilgan. Men qiziqqon o'yinchiman va o'zimga hech narsani chegaralab qo'ymayman. Yaqin 5 yil ichida 200 ta gol urishga va barcha sovrinlarni qo'lga kiritishga harakat qilaman”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, 4 yil “Real” tarkibidagi faoliyati davomida Krishtianu Ronalduning hisobida 203 ta o'yinda 203 ta gol mavjud.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru