Krishtianu Ronaldu terma jamoadan ketgach Portugaliyada kim yetakchi bo'ladi?

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2017, 08:14
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portudan Milanga o'tgan Andre Silvani maqtadi.

Terma jamoadagi faoliyatimni tugatganimdan so'ng Portugaliya yaxshi qo'llarda qoladi, sababi yaxshi hujumchiga ega. Bu Andre Silva, - deydi Ronaldu.

Andre Silva bu maqtovga oddiy javob berdi: Men xotirjamman. O'z fikrimni bildirishdan oldin hali ancha ko'p ishlashim kerak.

JCH-2018 saralashida Andre Silva 6ta o'yinda 6ta gol urdi va 1ta pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com