Krishtianu Ronaldu “Oltin to'p” taqdirlash marosimiga boradi

12 dek 2013, 12:28
“Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu, 2014 yilning yanvarida bo'ladigan “Oltin to'p” sovrini bilan taqdirlash marosimiga boradiganga o'xshaydi.

Avval berilgan xabarlarda, portugaliyalik futbolchi FIFA prezidenti Yozef Blatterning aytgan gaplari uchun FIFA gala-koncertiga ishtirok etmasligini aytgan edi.

Biroq Krishtianu Ronaldu, FIFA vakillari bilan telefon orqali suhbatlashganidan so'ng, 2013 yilning eng yaxshi futbolchichi uchun topshiriladigan “Oltin to'p” sovrini bilan taqdirlash marosimiga borishini aytgan, deb xabar beradi Cadena Cope.

Eslatib o'tamiz, “Real” hujumchisi ushbu sovrin uchun 3 nafar da'vogarlar ro'yxatidan o'rin olgan.


Manba: sports.ru