"Krasnodar" va "Dinamo" keyingi bosqichga yo'l oldi

8 avg 2014, 01:14
Yevropa ligasi saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Rossiyaning "Krasnodar" hamda "Dinamo" jamoalari uchinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tishdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov tup surayotgan "Krasnodar" klubi Vengriyaning "Doshdor" jamoasini ikki o'yin natijasiga ko'ra ishonchli tarzda mag'lub etdi va to'rtinchi bosqichga yo'l oldi. Bu o'yinda jarohati sabab Odil Ahmedov ishtirok eta olmadi.

Yevropa ligasi saralash bosqichi. Javob o'yinlari.

"Krasnodar" Rossiya – "Doshdor" Vengriya 3:0 (1:0, 2:0)

Kuban stadioni.



Gollar: 1:0 – 30 Konate, 2:0 – 55 Konate, 3:0 – 86 Ari.

"Krasnodar"
– Sinicyn, Grankvist, Martynovich, Markov, Pomerko, Petrov, Laborde (Joaozino, 61), Izmaylov, Konate (Ageev, 76), Burmistrov, Vanderson (Ari, 61).

"Doshdor"
– Radosh, Debreceni, Okuka, Kadar, Nemet, Nikxazi, Egersegi (Bognar, 39), Bori, Gostoni (Chirski, 70), Maryanovich (Bacha, 70), Takach.

Ogohlantirishlar: Kadar (31), Bori (41).



"Ironi" Isroil – "Dinamo" Rossiya 1:2 (1:2, 0:0)

Neo GSP

Gollar
: 1:0 – 11 Kaxat, 1:1 – 22, penalti Kurani, 1:2 – 30 Ionov.

"Ironi" – Xaimov, Elkayam, Dilmoni (Pinas, 72), Cedek, Panka (Mizraxi, 75), Kassio, Abed (Rochet, 84), Braun, Manga, Kola, Kaxat.

"Dinamo" – Berezovskiy, Kozlov, Byuttner, Samba, Granat, Ionov (Smolov, 62), Djudjak (Jirkov, 68), Denisov, Venker, Kurani (Noboa, 58), Kokorin.

Ogohlantirishlar
: Abed (44), Smolov (68), Braun (86), Denisov (90).


Manba: sports.ru