"Krasnodar" futbolchisi Polshaning Evro uchun yakuniy tarkibidan joy oldi

Aslanov Jasurbek
31 may 2016, 11:10
Polsha terma jamoasi Fransiyada bo'lib o'tadigan Yevropa chempionatiga boradigan 23 futbolchi nomini e'lon qildi.

Ro'yxatda "Legiya"dan ijaraga olingan "Krasnodar" himoyachisi Artur Endjeychik ham bor. Macey Ribus esa jarohat tufayli musobaqani o'tkazib yuboradi.


Darvozabonlar: Boruc (Bornmut), Shensni (Arsenal), Fabianski (Suonsi);

Himoyachilar: Endjeychik (Krasnodar), Sionek (Palermo), Glik (Torino), Pazdan (Legiya), Pishhek (Borussiya Dortmund), Salamon (Kalyari), Vavjinyak (Lexiya), Yodlovec (Legiya);

Yarim himoyachilar: Yakub Blashikovski (Borussiya D), Grosicki (Renn), Kapustka (Krakoviya), Krixovyak (Sevilya), Linetti (Lex), Monchinski (Visla), Peshko (Lexiya), Stajinski (Zaglembe), Zelinskiy (Empoli);

Hujumchilar: Levandovski (Bavariya), Milik (Ayaks), Stempinski (Rux).

Polsha terma jamoasi Germaniya, Ukraina va Shimoliy Irlandiya bilan bir guruhdan joy olgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com