Kraevga biz ham sog'liq tilaymz, pulni kim beradi?

Nadirkhuja Yuldashev
3 okt 2013
So'nggi kunlarda "Andijon" futbolchisi Dmitriy Kraevning sog'lig'i og'irlashib o'z vataniga uchib ketilganligi va klub saytida bir necha haftadan buyon turli kishilar tomonidan tilanayotgan sog'liqlar haqida o'qiyapmiz.

Kecha "Futbol Ekspress" gazetasida futbolchi bilan intervyu chiqdi. Unda futbolchi Moskvada jarrohlik stoliga yotishi kerakligi ammo hozircha shifokorlar so'rayotgan pul unda yo'qligini aytgan. Afsuski savol javob davomida unga aynan qancha summa kerak ekanligi ham aytilmagan. O'z navbatida "Andijon" FK futbolchiga pul yig'ish maqsadida hisob raqami ochgan.

Kechirasizlar-ku, ish bunday bo'lmaydi-da. Masalan, deylik unga 50 000 AQSH dollari kerak. Homiylardan tushadigan pul 200 000ga chiqib kyetishi mumkin, to'g'rimi? Yoki aksincha 1 000 000 so'm ham yig'ilmasligi mumkin. Bunaqa ishlarni amalga oshirayotganda hadeb sog'liq tilayvermasdan shuncha pul kerak ishqibozlar deb aytish kerak chamamda. Kerak bo'lsa hisobot berilsin, mana shuncha pul yig'ildi, yana shuncha qoldi deb. Hafa bo'lmanglar-ku, futbolchiga rahmim kelib ketdi. Quruq sog'liq tilash bilan kishi davolanib qolmaydi. Mana men 100 AQSH dollari berdim, Sizlar ham beringlar deng bu boshqa gap. "Andijon"da futbolni sevishadi, muxlislari jamoa yo'lida kerak bo'lsa jonini beradi. Vaqt topib Kraevning sog'lig'i yo'lida hayriya tadbiri, yani o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilib turib chiptalar sotuvi va mahsus qutiga yig'ilgan pulni Kraevga yuborsa bo'ladi-ku!? Oddiy misol Baxtiyor Hamidullaevning do'stlari deb turib, hozir Farg'onada tanafussga chiqqan aka-uka Do'rmonovlarning do'stlariga qarshi o'yin o'tkazilsa. Muxlis ham keladi, futbolchiga pul ham yig'iladi. Har bir futbolchi 100 000 so'mdan hayriya fondiga "tashlasa" bir joyi kamayib qolmaydi-ku...

Aslida eng yomoni ham shu. Sen bir jamoada to'p tepasan va jarohat olasan va sen davolashlari uchun birovlardan madad kutasan. Dani Alvesh Abidal uchun donar bo'lishini aytgan bir pallada, biz bu erda sog'liq tilashdan nariga o'tmayapmiz.


Nodirxo'ja Yuldashev


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia