Koutino “Liverpul” bilan Dubayga bormadi

6 yanv 2018, 23:40
"Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutino “Barselona”ga o'tishga yaqin.

25 yoshli braziliyalik futbolchi ingliz klubi bilan Dubayda o'tadigan qisqa muddatli yig'inga bormadi.

As nashrining xabariga ko'ra, Koutino “Liverpul”dagi jamoadoshlari bilan xayrlashgan va bugun Ispaniyaga yo'l olishi mumkin. Dushanba kuni u “Barselona” mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.

Ilgariroq futbolchining transferi  “Barselona”ga 120-160 million evroga tushishi haqida xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN