"Bavariya"da ijara asosida to'p tepayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino APLga qaytishni xohlamoqda.
Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatdi.
Keltirilishicha, 27 yoshli braziliyalikka "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Lester" da'vogarlik qilmoqda. Koutinoning o'zi London klubini eng maqul variant deb bilayotgani xabar qilindi.