Koutino "Barselona"da qolmoqchi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019, 21:12
"Barselona" vingeri Filippe Koutino jamoadan ketmoqchi emas.

"Mundo Deportivo" ma'lumotlariga qaraganda, braziliyalik futbolchi jamoada qolib, murabbiyga asosiy tarkibga mosligini isbotlamoqchi. U bu mavsumda "Barselona"ning dastlabki 11ligidagi joyini yo'qotib qo'ydi.

Shuningdek, u "Old Trafford"ga ko'chib o'tsa, muxlislarning bosimida qolib ketishi mumkinligini o'ylamoqda va shu boisdan "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi emas.

Oldinroq Koutino yaqin vaqtlar ichida "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo