Koreya chempionati. Ikrom Aliboev jamoasi navbatdagi g'alabaga erishdi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2019
Janubiy Koreya chempionatining 6-turida hamyurtimiz Ikrom Aliboev to'p tepadigan "Seul" "Kyonnam"ni qabul qildi.

"Seoul World Cup stadium" arenasida o'tkazilgan bahs 2:1 hisobida mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida gollarga Aleksandr Peshich va Yong Vuk Cho mualliflik qilishdi. "Kyonnam"ning yagona goli Jon Pil Kim nomiga yozildi. Hamyurtimiz Ikrom Aliboev bahsning 90-daqiqasida almashtirildi. Futbolchimiz 33-daqiqada sariq kartochka oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia