Ko'pchilik terma jamoamizning g'alabasiga ishonmoqda (So'rovnoma natijalari)

Narzulla Saydullayev
5 mar 2014, 10:41
Bugun katta futbol. O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z maydonida BAA termasiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichidan o'rin olgan oxirgi tur bellashuviga qiziqish katta. Shu munosabat bilan saytimizga “Terma jamoamiz BAAni mag'lub eta oladimi?” mazmunida so'rovnoma joylashtirgandik.

Bugun natijalarni e'lon qilamiz. So'rovnoma saytga qo'yilganidan beri 428ta ovoz kelib tushdi. Eng ko'p 260 kishi “Ha” degan javobni tanlagan bo'lsa, 136 kishi “Yo'q” variantini tanlagan. 32 ishtirokchi esa “Bilmadim” degan javobda to'xtalgan.

Terma jamoamizning bu yil hisobidan faqat bitta rasmiy o'yini bor va shu ham bugun o'tkaziladi. Keyin esa yil oxirigacha faqat o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish imkoniga egamiz, albatta RAQIB topilsa.

Endi so'rovnoma natijalariga keladigan bo'lsak, ishtirokchilaridan eng ko'p nafari “Ha” degan javobni tanlashgan. Demak, ular MTJning BAA ustidan g'alaba qozonishiga ishonishmoqda. Bazilar esa unchalik ishonmay qarashyapti, shu bois “Yo'q” deyishgan. 32 kishi esa “Bilmadim” degan javobda to'xtalgan. Bundan ko'rinib turibdiki, juda kamchilik termamiz yutishiga yo yutqazishiga ikkilanib turibdi.

Nima bo'lgan taqdirda ham, yakuniy hisobni o'yin oxirida bilib olamiz. Ishqilib yigitlar yilning yagona rasmiy bahsida g'alaba qozonishsa bo'lgani, u yog'i bir gap bo'lar.

Xayrulla Xoliqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia