Kontega MYUning yana bir futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
3 dek 2019, 21:11
"Manchester Yunayted" futbolchisi Nemanya Matich jamoasini o'zgartirishni istamoqda.

"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi jamoadagi holatidan unchalik mamnun emas va shu boisdan u jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.

Qayd etilishicha, u Joze Mourinyo boshchiligidagi "Tottenxem"ga o'tishga qarshi emas. Biroq "shporlar" ustozi ayni damda serbiyalikning xizmatlariga extiyoj sezmayapti.

Shu boisdan Matich uchun ayni damda yagona da'vogar "Inter" bo'lib turibdi. Milanliklar o'tgan yozda MYU bilan Matich borasida muzokaralar olib borgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News