Konte: "Yangi mavsumga tayyorgarligimiz tashvishga solmoqda"

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2013, 16:44
"Yuventus" bosh murabbiyi Antonio Konte "Trofeo TIM" o'rtoqlik musobaqasidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Murabbiy "Sassuolo" va "Milan"ga qarshi o'yinlarda o'z shogirdlarining harakatlaridan qoniqmaganini aytib o'tdi.
 
"Albatta ayni paytda bizni yangi mavsumga tayyorgarligimiz bizni tashvishga soladi", - deydi Konte.
 
"Biz raqiblarga qarshi o'yinda kuchsiz emasdik, ammo o'zimizning o'yinimizni namoyish eta olmadik. Yigitlar ko'p mehnat qilishgan va ularning oyoqlari og'ir edi".
 
Konte klubga ikki hujumchi Karlos Teves va Fernando Lorente kelganini ham ta'kidlab o'tdi.
 
"Endi meni qo'l ostimda bir nechta hujumchilar bor va men ularning mashg'ulotlarda ko'rsatayotgan harakatlaridan kelib chiqib ularni maydonga tushuraman. O'rtoqlik uchrashuvlarida barchaga imkon berishga intildim".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.ua