Konte Alexandro Gomesni "Inter"ga taklif qilmoqchi

Alisher
20 yanv 2021
"Atalanta" forvardi Alexandro Gomes Milanning "Inter" klubi o'yinchisiga aylanishi mumkin.

32 yoshli argentinalik futbolchiga shaxsan "neradzurrilar" bosh murabbiyi Antonio Konte qiziqish bildirmoqda.

Oldinroq, Gomesga "Yuventus" va "Fiorentina" klublari qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar yangragan edi.

Alexandro joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport