Konte 1987 yilgi natijani takrorladi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2014, 08:00
Italiya Evro-2016 saralashi doirasida safarda Maltani mag'lub etdi (1:0) .
Shunday qilib, Antonio Konte 1987 yildan buyon Italiya terma jamoasidagi dastlabki 4ta o'yinda g'alaba qozongan ilk murabbiyga aylandi. So'nggi bor bunday natijaga 1986-1991 yillarda termada ishlagan Adzelo Vichini erishgandi.

Konte shogirdlari oldinroq o'rtoqlik uchrashuvida Gollandiyani (2:0), Evro-2016 saralashida Norvegiya (2:0) va Ozarbayjonni (2:1) taslim qilishgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru