
Qozon shahrida Yevropa chempioni Portugaliya terma jamoasi Janubiy Amerika chempioni Chili terma jamoasiga qarshi saf tortadi. Krishtianu Ronaldu va Aleksis Sanches yetakchiligidagi jamoalar o'rtasidagi bahs g'olibi musobaqaning birinchi finalchisiga aylanadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Ikkinchi yarim final esa 29 iyun kuni Germaniya va Meksika o'rtasida bo'lib o'tadi.
PORTUGALIYA - CHILI
28 iyunya. Qozon. "Qozon Arena" stadioni. 23:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam - Alirizo Fag'oni (Eron).

