Komissar Jyuber yoki jonli efirda o'g'irlik (video)

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2016, 21:13
Fransiyada Yevropa chempionati davom etmoqda va musobaqani yoritish uchun turli mamlakatlardan kelgan telemuhbirlar Fransiyada ijod qilyapti.

"Sky Sport Italia" muhbiri Angelo Manjiante jonli efirda ishlashni boshladi va kutilmaganda qora tanli yigit qo'lida sumka bilan jurnalistning orqasidan o'tib ketdi. Fransiyalik policiyachilar esa uni quvishayotgan edi. Angelo efirni to'xtatmadi va so'zlarini davom ettirdi.

Videoga diqqat bilan qarasangiz, jurnalistning orqasidan ko'k kiyimli ayol o'tadi va u libosini ichiga bir nima yashirib olgani ko'rinib qoladi.

TAS-IX 



TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia