Klyuvert: “Ayaks”ga guruhdan chiqish qiyin bo'ladi”

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 16:07
“Barselona” va “Ayaks” klublarining sobiq hujumchisi Patrik Klyuyvert ispan radiosiga bergan intervyusida, sobiq klublari o'rtasida bo'lib o'tadigan bahs to'g'risida fikr bildirib o'tdi.

-“Barselona”ning o'yin uslubiga qarab, klubga klassik markaziy hujumchi kerakligini aytmagan bo'lar edim. Neymar ajoyib o'yinchi, barcha unga katta umid bog'layapti va o'yinchi unga bildirilayotgan ishonchni oqlashi kerak.

Men sobiq jamoalarimning ikkisini ham guruhdan chiqishini istardim. Biroq vaziyatga boshqacha nazar bilan qaraydigan bo'lsak, fikrimcha “Barsa” va “Milan” klublari keyingi bosqichga chiqishadi. “Ayaks” tarkibida tajribasiz yosh futbolchilar ko'pligi sababli, unga guruhdan chiqish qiyin bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru