

Turnir favoriti "Real" turning so'nggi uchrashuvida "Zalcburg"ga qarshi bahs olib bordi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa, Madrid jamoasi 7 ochko bilan guruhda birinchi o'rinni egalladi.
Guruhning ikkinchi bahsida "Al Hilol" "Pachuka"ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda saudiyaliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu g'alaba "Al Hilol"ga keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etdi.
Nimchorak finalda "Al Hilol" "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. "Real Madrid"ning raqibi esa "Yuventus" bo'ladi.



