Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi aniq bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
12 fev 2021, 07:15
"Bavariya" klublar o'rtasidagi JCH finalida "Tigres"ni mag'lubiyatga uchratdi va musobaqa g'olibiga aylandi.

Myunxenliklar futbolchisi Robert Levandovski ushbu musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 

U yarim finalda ikkita gol, finalda esa golli uzatmaga mualliflik qilgandi. 

Ikkinchi o'rindan meksikaliklar futbolchisi Andre Per Jinyak joy olgan bo'lsa, uchinchi pog'onadan "Bavariya"ning boshqa bir a'zosi Yozua Kimmix o'rin oldi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Guardian