Kloze: “Men formada emasman, Germaniyaning natijalari mening gollarimdan muhimroq”

Tolibjon Qosimov
23 iyun 2014, 15:52
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Miroslav Kloze, mundialda asosiy maqsadi shaxsiy rekordi emas deya ta'kidladi.
Kloze jahon chempionatlarida 15 gol urgan Ronaldoga yetib oldi va keyingi uchrashuvlarda rekordni yangilashi mumkin.

“Men bir necha oy oldin asosiy maqsadim jahon chempionatiga borish ekanligini aytganman. Men qiyinchiliklarga to'la mavsumni o'tkazdim. Ammo ruxan zo'riqqanim yo'q. Gol urganimdan albatta hursandman, ammo ajoyib formadaman desam aldagan bo'laman. Mening rekordim va gollarim , milliy terma jamoam natijalaridan muhim emas. Maydonda jamoamga yordam berishga doimo tayyorman” – deydi Kloze Germaniya futbol federatsiyasi rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com