Klopp: "Yozgi transfer oynasida "Liverpul" rekord darajada pul sarflamaydi"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2019, 12:15
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klubning yozgi transfer oynasidagi rejalari haqida gapirdi.

"Biz doimo jamoani kuchliroq qilishga intilamiz. Buni mashg'ulotlarda amalga oshirishga harakat qilamiz. Yozgi transfer oynasidagi rejalarimiz omma uchun mo'ljallanmagan. Ammo "Liverpul" rekord darajadagi xarajatlarga qo'l urmaydi. Biz bozordagi vaziyatni kuzatib boryapmiz. Ayni damda biror narsa sodir bo'ladi deya olmayman" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror