Klopp: "Siti" 900ta vaziyat yaratib, bor-yo'g'i 1ta gol urdi"

Aslanov Jasurbek
4 mar 2019, 10:59
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Everton" bilan durangdan so'ng, APL jadvalida "Manchester Siti"ning yetakchiligiga qanday munosabatda ekanligini aytib berdi.

"Manchester Siti" bizdan bir ochko ortda ekanligi haqida o'ylamadik. Hozir ulardan pastdamiz, ammo uzoqda emas. Ularga va bizga g'alaba kerak. Ko'ramiz, mavsum oxirida kim ko'proq bahslarda zafar quchar ekan.

Futbolda muvaffaqiyatga erishish uchun barqaror bo'lish lozim. Men Match of the Day ko'rsatuvida "Siti" xursandchiligini ko'rdim. Ularda 900ta vaziyat bo'ldi va bor-yo'g'i 1ta gol urishdi. Bunday vaziyatlarga tayyor bo'lish lozim.

"Siti" ortidan quvish meni qoniqtiradi. Martning boshida kimga birinchi o'rin kerak? Oldinda ko'plab o'yinlar bor" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC