Klopp murabbiylikdagi 12-sovrinini qo'lga kiritdi

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022, 10:59
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa boshqaruvidagi 7-sovriniga ega chiqdi.

Kecha Mersisayd klubi Angliya Superkubogi uchun bahsda "Manchester Siti"ni ishonchli hisobda dog'da qoldirdi, 3:1.

2015 yili germaniyalik mutaxassis boshqaruvni qo'liga olganidan keyin jamoa 7ta sovringa ega chiqdi: 2020 yilda APL, 2019 yili YCHL, UEFA Superkubogi, klublar o'rtasidagi JCH hamda 2022 yilda Angliya Liga kubogi va Angliya Kubogi.

Klopp hisobida 12 sovrin bor. Bunga qadar u Bundesligada ikki martadan chempionlik va superkubokni qo'lga kiritgan bo'lsa, bir bora Germaniya Kubogida zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal