Klopp: "Manchester Siti"ni bir kishi ko'p bo'lib ham yuta olmasdik"

Mirjalol Normatov
2 apr 2023, 10:58
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti" futbolchisi Rodrining maydondan chetlatilishi kerak bo'lgan vaziyatni o'yindagi asosiy holat emas deb atadi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida futbolchi ogohlantirilgandi. Oradan bir necha daqiqa o'tib, u Kodi Gakpoga ishlatilgan foli uchun ikkinchi sariq kartochkasini olishi ham mumkin bo'lgandi.

"Ushbu vaziyatni etarli darajada ko'ra olmadim. U ikkinchi sariq kartochkasini olishi mumkinmidi? Ha. Ammo bugungi "Siti"ni biz bir kishi ko'p bo'lib ham yuta olmasdik", - dedi Klopp.

Shuningdek, mutaxassis uchrashuvdan keyin yigitlariga etirozlar yo'qligini aytdi.

"Ertaga o'yinni taxlil qilamiz. Yigitlarga hech qanday gapim yo'qligini aytdim. Barcha o'z aybini tushunib olishi kerak. Bugun esa hech qanday gapning o'zi yo'q.

Bugun yomon, ertaga zo'r o'yin ko'rsatishimiz mumkin. Bizga barqarorlik kerak. Agarda o'yin yaxshi chiqsa, o'zingni zo'r his qilasan. O'yin yaxshi bo'lmasa, APLda o'zingni  100 foiz ishonchli his qila olmaysan. Hozir bizda shunday bo'lmoqda", - dedi "Liverpul" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal