Klopp: "Liverpul" boshqa futbolchi sotib olmaydi"

Mirjalol Normatov
20 iyul 2018, 23:15
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaga olib kelingan futbolchilar haqida gapirdi.

"Yangi futbolchilarning transferidan keyin bizda imkoniyatlar ko'paydi. Biz kuchayishimiz kerak edi va buni uddaladik. Transferlardan mamnunman. O'zimizdagi bo'shliqlarni tezda to'ldirib oldik. Endi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni kuchaytirishimiz kerak. Transferlar oynasidagi ishimiz tugadi", - dedi Klopp.

"Liverpul" yozgi transferlar oynasi vaqtida 180 mln evroga yaqin mablag' sarfladi. Alisson (62 mln evro), Jyerdan Shakiri (15), Nabi Keyta (60) va Fabino (45) bu vaqtda jamoa a'zosiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com