Klopp jamoaning muhim o'yinchisi jarohatini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2024, 15:21
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Dominik Soboslaining jarohatini tasdiqladi.

"Domini almashtirmoqchi edik, bu bizning rejamiz edi, ammo afsuski bir necha daqiqalarga kechikdik, sababi so'nggi lahzalarda payida muammolar his qildi.

Albatta, biz hozir jarohat darajasini bilmaymiz, shu sabab kutishga to'g'ri keladi", - deydi Klopp.

23 yoshli Dominik Soboslai joriy mavsum "Liverpul" tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano