

"Bugun men ikkita butunlay boshqa "Liverpul"ni ko'rdim, xuddi doktor Jekil va janob Xayd haqidagi asardagi singari. Dastlabki 35 daqiqada aql bovar qilmas darajada o'yin namoyish etdik, ammo tanaffusdan keyin biz nazoratni yo'qotdik va poziciyalar o'rtasida bo'shliqlar paydo bo'ldi. Alissonga rahmat aytdim, u bizni yana qutqardi. U menga: "Bu mening vazifam", dedi. Har holda, biz juda muhim g'alabaga erishdik", - deya Klopp o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.



