Klopp: "Agar doimo kuchli g'olib chiqqanida, bizning dunyo eng hunuk joy bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2016, 13:21
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning ma'lum qilishicha, mersisaydlar jahonning eng yaxshi jamoalaridan biri bo'lmoqchi.

"Biz o'z vaziyatimizni o'zgartira oladigan yagona insonlarmiz, boshqa hech kim bu ishni biz uchun bajara olmaydi. Siz ularda kuchli futbolchi bor deyishingiz mumkin, ammo buning foydasi yo'q. Biz bor tarkib bilan ishlashda davom etamiz.

Jahonning eng yaxshi jamoalaridan biriga aylanmoqchimiz. Bu mehnatga bo'lgan munosabatimizga bog'liq. Agar doimo kuchli g'olib chiqqanida, bizning dunyo eng hunuk joy bo'lardi. Har birimizda o'zimiz afsuslanadigan narsa uchun kurashish imkoniyati bor. Kafolat yo'q, ammo imkoniyat mavjud" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports