

"Ayni damda u eng yaxshi besh hujumchidan biri. Uning o'ziga xos uslubi bor. U Robert Levandovski yoki Zlatan Ibragimovich kabi elegant o'yin ko'rsatmaydi, uning uslubi boshqalarnikidan farq qiladi. Romelu o'zining ustunliklaridan unumli foydalana oladi.
Juda tez, jamoasi uchun qattiq harakat qiladi, himoyaga yordamga keladi. Lukaku - ajoyib sherik. Klubdagilar u bilan faxrlansa bo'ladi. Agarda u shu tempda davom etsa, A Seriyaning qolgan o'yinlarida ham ko'proq gol ura olsa - zo'r ish bo'lardi", - dedi Klinsmann.



