Klinsman: "Kosta-Rika terma jamoasining 9 futbolchisi himoyadan chiqmaydi"

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2016, 11:13
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsman Kosta-Rikaga qarshi bo'ladigan Amerika Kubogi guruh bosqichining 2-tur bahsi haqida fikr bildirdi.

"Biz Kosta-Rikaga qarshi bahsda g'alaba qozonishimiz shart. Guruh bosqichida ikkita o'yinimiz qoldi va endi bu uchrashuvlarda g'olib bo'lishdan boshqa yo'limiz yo'q. Biz uchun asosiysi - ochko to'plab, keyingi bosqichga chiqish. AQSH terma jamoasi futbolchilari Amerika Kubogidagi birinchi ochkolarni qo'lga kiritmoqchi. Navbatdagi uchrashuvga bor e'tiborimizni qaratishimiz lozim.

Kosta-Rika terma jamoasi yaxshi tashkillashgan va ular himoyadan o'ynashadi. Ularning to'qqiz futbolchisi doimo himoyada qoladi - bizga qiyin bo'ladi" - deydi Klinsman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sporting News