Klaudio Raneri: "Eldor Shomurodov munosib o'yin ko'rsatdi"

Iskandarov Abdulaziz
6 fev 2025
"Roma" kecha Italiya kubok doirasida "Milan"ga qarshi bahs olib bordi (1:3).

Uchrashuvdan so'ng rimliklar bosh murabbiyi Klaudio Raneri Shomurodov haqida fikrlarini bildirdi. 

"Men undan "Napoli"ga qarshi ko'rsatgan o'yinini qilishini so'radim. U va Dibala bizning 3 ta yarim himoyachimizdan oldinda bo'lib, ularning yugurishlarini cheklashlari orqali natijaga erishishlari kerak edi. Eldor "Napoli"ga qarshi o'yinda ko'p kuch sarfladi. Shu bois o'sha bahsda amalga oshirgan narsasini bajara olgani yo'q. Lekin u baribir munosib o'yin ko'rsatdi. O'yindan etirozim yo'q",- deydi Raneri. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: AS Roma.com