Klaudio Pisarro: "Bavariya"da ajoyib futbolchilar jamlangan"

Tolibjon Qosimov
27 may 2014, 15:54
"Bavariya" hujumchisi Klaudio Pisarro klub bilan yangi bir yillik shartnomaga imzo chekkanidan mamnun ekanligini yashirib o'tirmadi.
- "Bavariya" safida kamida yana bir yil to'p tepishimdan faxrlanaman. Bu yerda barcha sovrinlar uchun kurasha oladigan ajoyib futbolchilar jamlangan. Aminmanki, yangi mavsumda bizni chiroyli g'alabalar kutmoqda," - deya futbolchining so'zlaridan klub rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net