Klarens Zeedorf: Hisobda ortda qolayotgan vaqtda ruhiy tomonlama bosimga duch kelayapmiz

Narzulla Saydullayev
12 mar 2014, 08:39
Milan ustozi Klarens Zeedorf Atletikodan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:4) o'z fikrlarini bildirdi.
Hisobda ortda qolayotgan vaqtda ruhiy tomonlama bosimga duch kelayapmiz. Bugun bu holat yana takrorlandi. Birinchi bo'limda tezkor gol o'tkazib yubordik. Yaxshiki tezda hisobni tenglashtirishga erishdik.

Atletiko yana oldinga o'tib olgani bizga ruhiy zarba bo'ldi. Ikkinchi javob to'piga kuchimiz yetmadi.

Ikkinchi bo'limda esa faqat o'z yarim maydonimizda o'ynadik, shogirdlarim ko'rsatgan o'yindan hafsalam pir bo'ldi, – deydi Zeedorf.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru