Kimpembe uch o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Alisher
12 may 2021, 09:36
PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe Fransiya chempionati 36-tur doirasidagi "Renn" (1:1)ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi.

Futbolchi Jeremi Dokuga qarshi jiddiy qo'polligidan so'ng 87-daqiqada chetlatildi. Presnel maydonni tark eta turib, "Renn" futbolchilarini haqoratladi.

L'Equipe ma'lumotiga ko'ra, u "3ta o'yinga diskvalifikaciya+bitta o'yinga shartli ravishda" ko'rishida diskvalifikaciya oldi.

Shunday ekan Kimpembe "Monpele"ga qarshi Fransiya Kubogi yarim finalini, shuningdek Fransiya chempionatidagi qolgan o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe