Kimmixning supergoli nemislarni muqarrar mag'lubiyatdan saqlab qoldi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2017, 03:33
Daniya va Germaniya terma jamoalari o'rtasid kechgan o'rtoqlik o'yinida tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida germaniyalik himoyachilarning xatosidan keyin Eriksen aniq va kuchli zarbasi bilan o'yinda hisobni ochdi. Uchrashuv tugashiga  ikki daqiqa qolganida Joshua Kimmixning chalqancha holatda yo'llagan zarbasi Lev jamoasini mag'lubiyatdan saaqlab qoldi – 1:1.

O'rtoqlik uchrashuvi.

Brennbyu, stadion Brondbyu

Daniya – Germaniya – 1:1 (1:0)

Gollar: Eriksen 18 - Kimmix 88

Daniya: Rennov, Durmisi (Sorensen 65), Vestergor, Kristensen (Z. M. Yorgensen 46), Striger, Kvist (Shone 46), Deleni, Eriksen (Lerager 65), Braytvayt, Poulsen (Vibe 76), N. Yorgensen (Dolberg 75).

Bosh murabbiy: Age Xareide.

Germaniya: Trapp, Zyule, Ryudiger, Ginter (Yunes 66), Rudi (Djan 58), Gorecka (Demirbay 77), Kimmix, Draksler, Xektor (Plattenxardt 90), Shtindl, Vagner (Brandt 66).

Bosh murabbiy: Yoaxim Lev.

Hakam: Maykl Oliver.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia