Kimmix de Ligtning "Bavariya"ga o'tishidan mamnun

Alisher
20 iyul 2022, 15:18
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Yozua Kimmix himoyachi Matteys de Ligtning Myunxen klubiga o'tgani haqida gapirdi.

"Matteys 19 yoshida "Ayaks" sardori bo'lgan edi. Bog'ichni shunchaki berishmaydi, u o'z harakatlari bilan bunga loyiq bo'lgan. Umid qilamanki, u "Bavariya"da ko'plab gollar uradi, mudofaada bunday o'yinchining bo'lishi ajoyib", - deydi Kimmix.

"Bavariya" niderlandiyalikni "Yuventus"dan 67 million evroga xarid qildi.

Himoyachi bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/kessler_philipp