Keyn "Real"ga o'tishga qarshi bo'lmayapti

Mirjalol Normatov
7 iyun 2023, 00:11
"Real"ning Xarri Keyn transferini amalga oshirishi 100 mln evrodan kamroqqa tushishi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, "Tottenxem" forvardi "Real" uchun asosiy transfer maqsadi sifatida qaralmoqda. Faqatgina u Karim Benzemaning o'rnini bosishi mumkin. O'z navbatida hujumchining o'zi ham "Real"ga o'tishga qarshi emas.

Transfer 80 mln evro atrofida baholanmoqda. "Shporlar" rahbariyati futbolchisini asosiy raqiblari "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted"ga sotishga rozi bo'lmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca