Keyn butun faoliyatini "Tottenxem"da o'tkazishni istaydi

Aziz Tukhtamuradov
19 noya 2017, 19:47
Tottenxem futbolchisi Xarri Keyn kelajagi borasidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.

Futbolchi butun faoliyatini "shporlar"ga bag'ishlamoqchi ekanligi haqida gapirdi.

"Maqsadim - butun faoliyatimni faqat "Tottenxem"da o'tkazish. Bizda fantastik jamoa, ajoyib murabbiy, professional mashg'ulot markazi bor. Yaqinda yangi stadionimiz bo'ladi. Meni bu yerda barchasi qoniqtiradi. Men baxtliman", - dedi hujumchi.

Avvalroq, unga "Real" tomonidan jiddiy qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal