Keylor Navas: "Real" UEFA Superkubogi uchun bo'ladigan bahsga tayyor"

Aslanov Jasurbek
3 avg 2017, 16:41
"Real" posboni Keylor Navas "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan UEFA Superkubogi uchun bahsda jamoasining imkoniyatlariga baho berdi.

"Real" katta ishni bajardi, ammo baribir ustida ishlash kerak bo'lgan narsalar bor. O'ylashimcha, UEFA Superkubogi bahsiga tayyormiz, sovrinni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Mavsumoldi turga keladigan bo'lsak, undan mamnunman. Unda to'liq ishtirok etganimdan xursandman" - deydi Navas.

"Real" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 8 avgust kuni Makedoniyaning Skope shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca