Keylor Navas "El-Klassiko"da ilk marotaba o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2017, 15:33
"Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogining ikkinchi uchrashuvida ham Madrid klubi g'alabaga erishdi.

Ikkinchi bahsda 2:0 hisobida g'alabaga erishgan "Qirollik klubi" Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi.

Qaymoqranglilar posboni Keylor Navas ushbu bahsda o'zi uchun ajoyib natija qayd etdi. U "el-klassiko"larda ilk marotaba darvozasidan gol o'tkazib yubormadi. Avvalgi 8 ta bahsning har birida Navas darvozasinidan to'p olib chiqishga majbur bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild